SFAD jamoasi

Shirin ishga qo'shiling

1998 yildan buyon o'sib borayotgan konditer fabrikasi. Ikki zamonaviy ishlab chiqarish, 15+ davlatga eksport — va har yili yangi imkoniyatlar.

Mavjud bo'sh ish o'rinlari

0 ta vakansiya× filtrni tozalash

Bu shartlar bo'yicha vakansiya topilmadi. Filtrni o'zgartirib ko'ring yoki quyidagi formani to'ldiring.

Nima uchun SFAD?

01

Barqaror ish va oq maosh

Rasmiy ish joyi, mehnat daftarchasi va oyning belgilangan kunida to'lanadigan maosh.

02

O'sish imkoniyati

Ichki o'qitish va lavozimda ko'tarilish: operatorlarimizning ko'pi bugun brigadir va usta.

03

Bepul tushlik va yetkazish

Har smenada issiq ovqat, uzoq tumanlardan xodimlar uchun korxona transporti.

04

Mahsulotlarga chegirma

Xodimlar uchun butun assortimentga doimiy chegirma va bayramlarda sovg'a to'plamlari.

Savol-javoblar

Sizga mos vakansiyani tanlang va uning sahifasidagi «Arizani to'ldirish» formasini yuboring. Mos vakansiya bo'lmasa — sahifa oxiridagi umumiy formani to'ldiring, ma'lumotlaringiz bazamizda saqlanadi.

Ha, bir qator ishlab chiqarish lavozimlariga tajribasiz ham qabul qilamiz — o'qitish korxona hisobidan, dastlabki kunlardan boshlab tajribali usta bilan ishlaysiz.

Avval HR mutaxassisi telefon orqali bog'lanadi, so'ng fabrikada qisqa suhbat bo'ladi. Ishlab chiqarish lavozimlarida bo'lim rahbari bilan ham tanishasiz va ish joyini o'z ko'zingiz bilan ko'rasiz.

Odatda 3 ish kuni ichida bog'lanamiz. Ayni paytda mos vakansiya bo'lmasa, arizangiz bazada qoladi va yangi o'rin ochilganda birinchi bo'lib siz bilan bog'lanamiz.

Mos vakansiya topmadingizmi?

Ma'lumotlaringizni qoldiring — mos o'rin paydo bo'lganda birinchi bo'lib siz bilan bog'lanamiz.